Bukhara Night Race 2025

shanba 13 sentabr 2025Buxoro, Ark qal'asi

Masofalar

KIDS RUN 60

60 m

Ishtirokchilar: 25

Natijalar →

KIDS RUN 300

300 m

Ishtirokchilar: 26

Natijalar →

KIDS RUN 600

600 m

Ishtirokchilar: 44

Natijalar →

KIDS RUN 1000

1 km

Ishtirokchilar: 66

Natijalar →

Plogging

2 km

Ishtirokchilar: 100

Yakunlangan

2K Nordic Walking

2 km

Ishtirokchilar: 95

Natijalar →

5K

5 km

Ishtirokchilar: 1438

Natijalar →

10K

10 km

Ishtirokchilar: 1230

Natijalar →

21.1K

21.1 km

Ishtirokchilar: 547

Natijalar →

Tadbir haqida

“Bukhara Night Race” birinchi Buxoro Biyennalesi bilan bir vaqtda 2025-yil 13-sentabrda bo‘lib o‘tadi.

Tungi yugurish musobaqasi Buxoroda 2022-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Ishtirokchilar tarixiy markazdagi Ark qal’asidan boshlab, qadimiy shaharning charog‘on ko‘chalari bo‘ylab — madrasalar, masjidlar, Minorai Kalon va savdo gumbazlari yonidan yugurib o‘tadilar. Chiroqlarning mayin yorug‘ligi va me’moriy obidalardagi yoritish uskunalari sharofati bilan Buxoro shu payt o‘zgacha qiyofa kasb etib, barcha ishtirokchi va tomoshabinlar uchun o‘zgacha muhitni yaratadi.

Bu yil yo‘nalish yangilanib, u yangi masofa — yarim marafonni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, odatiy yugurish shakllari mavjud: 5 km, 10 km, skandinavcha yurish, bolalar poygasi va eko-plogging.

2025-yil “Bukhara Night Race” tadbirini alohida ahamiyatga molik qiladi — yugurish musobaqalari butun dunyodan tashrif buyuradigan rassomlar va hunarmandlarni birlashtiruvchi birinchi Buxoro biyennalesi bilan bir vaqtda o‘tkaziladi. Ekspozitsiyalar shaharning diqqatga sazovor me’moriy joylarida, jumladan, to‘rtta karvonsaroy, “Gavkushon” madrasasi, “Xo‘ja Kalon” masjidi va “Rashid” madrasasiga joylashtiriladi. 13-sentabrga qadar biyennalening “Qalblar dardiga darmon” nomli asosiy ko‘rgazmasi barcha tashrif buyuruvchilarga muntazir bo‘ladi.

Ijtimoiy va ekologik mas’uliyat “Bukhara Night Race”ning ajralmas qismi bo‘lib qoladi. “Avvalgidan tozaroq” dasturi joriy yilda ham amalga oshiriladi. Dastur tashabbuslaridan biri eko-plogging bo‘ladi — ishtirokchilar yugurish davrasiga chiqindilardan tozalash orqali qo‘shilib, Buxoro ko‘chalarini ozoda qilishga yordam bera oladilar.

“Samarkand Marathon” turkumidagi barcha yugurish musobaqalari, shu jumladan, “Bukhara Night Race” musobaqasi ham “SheRACES” xalqaro tashabbusi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan. Bu teng huquqlar va inklyuziyani yaratishga urg’u bergan holda ommaviy yugurish musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha xalqaro standartlarni qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashadi.

Oqshom musiqiy dastur bilan yakunlanadi. Ushbu kecha yulduzining nomi musobaqa arafasida “Samarkand Marathon”ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinadi.

“Bukhara Night Race” — bu tungi poygalar davomida dunyoning eng ko‘hna shaharlaridan birini ko‘rish hamda katta madaniy voqeaning ishtirokchisiga aylanish imkoniyatidir.
Tilxat
Ota-onalar tilxati
Ishonchli shaxs tilxati
Yugurish boshlanish nuqtasi









Dastur

2025-yil 10–11-sentabr

12:00 – 20:00 – Start to‘plamlarini berish. Manzili: Toshkent shahri,
T. Shevchenko ko‘chasi, 1 (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi)
2025-yil 13-sentabr

11:00 – 17:00 – Start to‘plamlarini berish. Manzili: Buxoro shahri, Ark qal’asi maydoni (Toshkent shahri aholisi bundan mustasno, Buxoro va boshqa viloyatlar aholisi uchun)

15:30 – Start–marra shaharchasining ochilishi, kiyim almashtirish xonalari va omonat javonlarining ishga tushishi
15:35 – 16:50 – Plogging

15:45 – KIDS RUN hududi faoliyatining boshlanishi
16:00 – KIDS RUN 60 (3-4 yosh) qizlar va o‘g‘il bolalar
16:05 – KIDS RUN 300 (5-6 yosh) qizlar
16:12 – KIDS RUN 300 (5-6 yosh) o‘g‘il bolalar
16:20 – KIDS RUN 600 (7-8 yosh) qizlar
16:30 – KIDS RUN 600 (7-8 yosh) o‘g‘il bolalar
16:40 – KIDS RUN 1000 (9-10 yosh) qizlar
16:52 – KIDS RUN 1000 (9-10 yosh) o‘g‘il bolalar
17:05 – KIDS RUN 1000 (11-12 yosh) qizlar
17:17 – KIDS RUN 1000 (11-12 yosh) o‘g‘il bolalar

17:30 – KIDS RUN hududi faoliyatining tugashi

17:40 – 5 km va 2K NW ishtirokchilari uchun chigal yozdi mashqlari
18:00 – 5 km starti
18:05 – 2K NW starti

18:35 – 2K NW masofasining yopilishi

18:40 – 10 km va 21.1 km ishtirokchilari uchun chigal yozdi mashqlari

18:45 – 5 km masofasining yopilishi
19:00 – 10 km va 21.1 km starti

20:30 – 10 km masofasining yopilishi

21:00 – Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha umumiy hisobda g‘olib taqdirlash marosimi: 5 km, 10 km, 21.1 km. Yosh toifalari bo‘yicha g‘oliblarni taqdirlash: 5 km, 10 km. Jamoaviy hisob bo‘yicha g‘oliblarni taqdirlash.

22:00 – 21.1 masofasining yopilishi

22:10 – Yosh toifalari bo‘yicha g‘oliblarni taqdirlash: 21.1 km
22:30 – 00:00 – Konsert dasturi

00:00 – Tadbirning yopilishi

Tashkilotchi

Kontaktlar

Tashkilotchi: Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi
https://t.me/samarkandmarathon_support

Hujjatlar