Bukhara Night Race 2026

shanba 18 aprel 2026Buxoro, Ark qal'asi

Masofalar

KIDS RUN 60

60 m

Ishtirokchilar: 20

Natijalar →

KIDS RUN 300

300 m

Ishtirokchilar: 39

Natijalar →

KIDS RUN 600

600 m

Ishtirokchilar: 41

Natijalar →

KIDS RUN 1000

1 km

Ishtirokchilar: 64

Natijalar →

2km NW

2 km

Ishtirokchilar: 71

Natijalar →

Plogging

2 km

Ishtirokchilar: 74

Yakunlangan

Yugurish ekskursiyasi

3 km

Ishtirokchilar: 50

Yakunlangan

5 km

5 km

Ishtirokchilar: 1658

Natijalar →

10 km

10 km

Ishtirokchilar: 966

Natijalar →

Yarim marafon

21.1 km

Ishtirokchilar: 493

Natijalar →

Tadbir haqida

Bukhara Night Race 2026-yil 18-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Tungi yugurish 2022-yildan buyon Buxoroda o‘tkazib kelinmoqda. Ishtirokchilar tarixiy markazdagi Ark qal’asi yonidan start olib, qadimiy shaharning yoritilgan ko‘chalari bo‘ylab — madrasa, masjidlar, Kalon minorasi va savdo gumbazlari yonidan yugurishadi. Fonarlardagi mayin yorug‘lik va me’moriy yoritish tufayli Buxoro bu vaqtda o‘zgacha qiyofa kasb etadi va ishtirokchilar hamda tomoshabinlar uchun alohida muhit yaratadi.

An’anaviy formatlar mavjud: 21.1 km, 5 km, 10 km, skandinaviya yurishi, bolalar yugurishlari va plogging.

Ijtimoiy va ekologik mas’uliyat Bukhara Night Race’ning muhim qismi bo‘lib qolmoqda. “Avvalgidan tozaroq” dasturi bu yil ham amalga oshiriladi. Dastur tashabbuslaridan biri — plogging: ishtirokchilar yugurish davomida chiqindi yig‘ib, Buxoro ko‘chalarini yanada toza qilishga hissa qo‘shishlari mumkin.

Samarkand Marathon seriyasidagi barcha yugurishlar, jumladan Bukhara Night Race, SheRACES xalqaro tashabbusi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan. Bu ommaviy yugurishlarni tenglik va inklyuziyaga e’tibor qaratgan holda xalqaro standartlar asosida tashkil etishga yordam beradi.

Kechqurun musiqiy dastur bilan yakunlanadi. Xedlayner nomi yugurish sanasiga yaqin Samarkand Marathon’ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinadi.

Bukhara Night Race — bu dunyoning eng qadimiy shaharlaridan birini tungi yugurish chog‘ida ko‘rish va katta sport voqeasining bir qismiga aylanish imkoniyatidir.
Yugurish boshlanish nuqtasi
Tilxat
Ota-onalar tilxati
Ishonchli shaxs tilxati









Dastur

2026-yil 15–16-aprel

12:00 – 20:00 Bukhara Night Race EXPO va start to‘plamlarini berish. Manzili: Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 2 (Yoshlar ijod saroyi)
2026-yil 18-aprel
10:00 – 11:00 Yugurish ekskursiyasi. Manzili: Buxoro shahri, Ark qal’asi maydoni

11:00 – 18:00 Start to‘plamlarini berish. Manzili: Buxoro shahri, Ark qal’asi maydoni (Toshkent shahri aholisi bundan mustasno, Buxoro va boshqa viloyatlar aholisi uchun)

15:30 Start-marra shaharchasining ochilishi, kiyim almashtirish xonalari va saqlash kameralarining ishga tushishi
15:35 – 16:50 Plogging

16:45 KIDS RUN hududi faoliyatining boshlanishi
17:00 KIDS RUN 60 (3–4 yosh) qizlar starti
17:03 KIDS RUN 60 (3–4 yosh) o‘g‘il bolalar starti
17:06 KIDS RUN 300 (5–6 yosh) qizlar starti
17:12 KIDS RUN 300 (5–6 yosh) o‘g‘il bolalar starti
17:20 KIDS RUN 600 (7–8 yosh) qizlar starti
17:28 KIDS RUN 600 (7–8 yosh) o‘g‘il bolalar starti
17:36 KIDS RUN 1000 (9–10 yosh) qizlar starti
17:46 KIDS RUN 1000 (9–10 yosh) o‘g‘il bolalar starti
17:56 KIDS RUN 1000 (11 yosh) qizlar starti
18:06 KIDS RUN 1000 (11 yosh) o‘g‘il bolalar starti

18:20 KIDS RUN hududi faoliyatining yakunlanishi

18:40 2 km NW, 5 km, 10 km, 21.1 km masofalari ishtirokchilari uchun chigalyozdi mashg‘uloti
19:00 21.1 km starti
19:10 10 km starti
19:30 5 km starti
19:35 2 km NW starti

20:05 2 km NW masofasining yopilishi

20:20 5 km masofasining yopilishi

20:30 Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha umumiy hisobda g‘olib taqdirlash marosimi: 5 km, 10 km, 21.1 km. Yosh toifalari bo‘yicha g‘oliblarni taqdirlash: 5 km. Jamoaviy hisob bo‘yicha g‘oliblarni taqdirlash

20:50 10 km masofasining yopilishi

21:00 10 km masofasi bo‘yicha yosh toifalaridagi g‘oliblarni taqdirlash

22:00 21.1 km masofasining yopilishi

22:10 21.1 km masofasi bo‘yicha yosh toifalaridagi g‘oliblarni taqdirlash
22:30 – 00:00 Konsert dasturi

00:00 Tadbirning yopilishi

Tashkilotchi

Kontaktlar

Tashkilotchi: Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi
Qo'llab-quvvatlash (Telegram)
Qo'llab-quvvatlash (Pochta) support@samarkandmarathon.com
Korporativ ro'yxatdan o'tish (Telegram)
Hamkorlik (Pochta) marathon@acdf.uz

Hujjatlar