Samarkand Marathon 2027

13–14 noyabr 2027Samarqand, Registon maydoni
Roʻyxatdan oʻtish
Ochiq
Startgacha

Masofalar

Yarim Marafon

21.1 km

GPX yuklab olishRoʻyxatdan oʻtish →

Marafon

42.2 km

GPX yuklab olishRoʻyxatdan oʻtish →

Tadbir haqida

Samarkand Marathon 2027 — xalqaro xayriya marafoni. U madaniyat va san’at obyektlaridagi inklyuzivlik muammolariga jamoatchilik e’tiborini qaratadi va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladi.

Barcha masofalarning start va marra manzili: Samarqand shahri, Registon ko‘chasi, mo‘ljal – Registon maydoni.

Ro‘yxatdan o‘tish bosqichma-bosqich ochiladi. Birinchi bosqichda marafon va yarim marafon masofalari ochiq, qolgan masofalar uchun ro‘yxatdan o‘tish keyinroq boshlanadi.

Masofalar va vaqt limitlari

MasofaVaqt limitiYosh
Marafon, 42 km 195 m6 soat18 yosh va undan katta
Yarim marafon, 21 km 97,5 m3 soat18 yosh va undan katta
10 km1 soat 40 daqiqa16 yosh va undan katta
5 km, 5 km Inclusive50 daqiqa12 yosh va undan katta
2 km20 daqiqa12 yosh va undan katta
2 km NW (skandinavcha yurish)30 daqiqa12 yosh va undan katta
KIDS RUN 1000belgilanmagan9–11 yosh
KIDS RUN 600belgilanmagan7–8 yosh
KIDS RUN 300belgilanmagan5–6 yosh
KIDS RUN 60belgilanmagan3–4 yosh
KIDS RUN 60 Inclusivebelgilanmagan3–18 yosh

Start to‘plami

Berish vaqti: 2027-yil 12–13-noyabr, 10:00 dan 20:00 gacha, Samarqand shahrida. Boshqa kunlarda start to‘plamlari berilmaydi.

Start to‘plami tarkibi: vaqtni qayd etuvchi chip o‘rnatilgan start raqami, futbolka va ryukzak.

Elite start klasteri

Elite – saralash natijasi oldindan tasdiqlangan yuguruvchilar uchun alohida start klasteri. Arizalar 2027-yil 29-oktabrgacha qabul qilinadi.

MasofaErkaklarAyollar
Marafon2:42:00 gacha3:08:00 gacha
Yarim marafon1:16:00 gacha1:29:00 gacha

Musobaqadan oldingi ikki yil davomida mos masofadagi musobaqalarda qayd etilgan natijalar hisobga olinadi. Mobil ilovadagi mashg‘ulot yozuvi tasdiq sifatida qabul qilinmaydi. Batafsil shartlar Nizomning 8-bo‘limida keltirilgan.

Hujjatlar va aloqa

Murojaat uchun: t.me/samarkandmarathon_support yoki marathon@acdf.uz.