Bukhara Night Race 2024
Masofalar
Tadbir haqida
“Samarkand Marathon” turkum xayriya yugurish musobaqalariga mansub xalqaro tungi poyga.
Bu mavsumning eng noodatiy starti va O‘zbekistondagi yagona musiqiy poyga bo‘lib, u Buxoroda quyosh botganidan keyin bo‘lib o‘tadi. Poyga 24-avgust kuni kechki shafaq paytida boshlanadi.
Poyga ishtirokchilari uchun 5K va 10K, 2 kmlik “skandinavcha yurish” hamda 300 va 600 metrlik bolalar uchun poygalar mavjud. Poyga eski shahardan boshlanib, chinakam Buxoroning nurafshon yo‘laklari, diqqatga sazovor joy va ko‘chalari bo‘ylab o‘tadi. Poyga mehmonlari va ishtirokchilarini nihoyatda boy madaniy dastur kutmoqda. Unda xorijlik DJ ishtirokida katta tungi konsert taqdim etiladi.
Tilxat
Ota-onalar tilxati
Ishonchli shaxs tilxati






Tashkilotchi

Dastur
12:00 - 20:00 - Toshkent shahrida start raqamlarni berish. Manzil: Taras Shevchenko ko‘chasi, 1-uy (O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi).
24 Avgust
10:00 - 16:00 - Buxoro shahrida start raqamlarini berish (Ark qal’asi yaqinidagi maydon);
16:00 - start-finish shaharchasining ochilishi, barcha hududlar ishining boshlanishi, plogging;
17:30 - 17:40 - masofasiga startdan oldingi chigal yosdi mashqi;
17:45 - KIDS RUN 300 qizlar masofasini boshlash;
18:00 - KIDS RUN 300 yigitlar masofasini boshlash;
18:15 - KIDS RUN 600 qizlar masofasini boshlash;
18:30 - KIDS RUN 600 yigitlar masofasini boshlash;
19:00 - 2K NW masofasini boshlash (limit 30 min);
19:40 - 19:50 - 5K va 10K masofada qatnashuvchilar uchun chigal yozdi mashqlari;
20:00 - 10K masofasini boshlash;
20:10 - 5K masofasini boshlash;
21:30 - 22:20 - g’oliblarini taqdirlash marosimi;
22:30 - 00:00 - Konsert;
00:00 - Tadbir yakuni.
Kontaktlar
Tashkilotchi: Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi
Telegram: @samarkandmarathon_support (dushanba-shanba: 09:00-18:00)
E-mail: marathon@acdf.uz (аrizalar 3 kun ichida ko‘rib chiqiladi)